Olimlar qahva isteʼmoli va koʻz kasalliklari orasida bogʻliqlik bor ekanligini aniqladilar

  • 16:56 / 08.06.2021
  • 148

Maunt-Sinay tibbiyot markazi qoshidagi Ikana maktabi olimlari koʻz kasalliklarining rivojlanishi va qahva isteʼmoli orasida bogʻliqlik bor ekanini aniqladilar. Ular 39 yoshdan 73 yoshgacha boʻlgan 120 mingta ishtirokchi yordamida tadqiqot oʻtkazishgan. Koʻngillilardan har kuni tarkibida kofein mavjud boʻlgan ichimliklarni qancha miqdorda isteʼmol qilishlari soʻralgan. Olimlar haddan tashqari koʻp qahva ichish glaukoma kasalligini keltirib chiqarishini taxmin qilganlar.

Tadqiqot yakunida ishtirokchilarning koʻz bosimi oʻlchab koʻrilgan va koʻrish qobiliyati tekshirilgan.

Qahvani sevib isteʼmol qiluvchi 25 foiz ishtirokchida glakuoma kasalligining rivojlanish xavfi yuqori ekani aniqlangan.

Olimlar bu masalada kasallikka boʻlgan irsiy moyillikni ham hisobga olishgan. Tadqiqot natijasida kuniga 3 finjon qahva ichish glaukomaning rivojlanish xavfini 3,9 oshirishi tasdiqlangan.