Olimlar qonda alkogol miqdorini o‘lchovchi quloqchinlarni ixtiro qilishdi

  • 15:16 / 14.06.2021
  • 204

Tokio tibbiyot universiteti mutaxassislari qondagi alkogol miqdorini o‘lchaydigan minigarniturani ixtiro qilishdi. Ixtironing to‘liq tavsifi Scientific Reports jurnalida chop etildi.

Ma’lum qilinishicha, qurilma quloq terisi chiqaradigan etanol bug‘i real vaqtda ma’lumotlarni yig‘ish imkoniyatiga ega. Qurilma quloqni o‘rab turgan gazni yig‘ish uchun xizmat qiladigan maxsus kamera va biokimyoviy sensordan iborat. Tanada alkogol aniqlanganda yorug‘lik indikatori yonadi, uning yorqinligi alkogolning darajasini bildiradi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ma’lumot to‘plashning bu usuli odamning nafasida spirtli ichimliklar darajasini o‘lchashdan ko‘ra ishonchliroq bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu qurilmadan turli xil kasalliklarni aniqlash va organizmdagi moddalar almashinuvini baholash kabi boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.