Olimpiada o‘yinlarini Yaponiyaning 126-imperatori ochib beradi

  • 11:50 / 17.07.2021
  • 77

Avval uning otasi ham bobosi ham bunday nufuzli turnirlarning ochilishida ishtirok etgan

Yaponiyaning 126-imperatori Naruxito 23-iyul kuni, Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashadi va turnirning boshlanganligini rasman e‘lon qiladi, deb xabar berdi ROC matbuot xizmati.

2019-yil 1-mayda taxtga rasman o‘tirgan 61 yoshli imperator Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining faxriy homiysi hisoblanadi. Imperator musobaqa mobaynida kunchiqar yurtga tashrif buyurishni rejalashtirgan yuqori lavozimli amaldorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasining o‘yinlarni tomoshabinlarsiz o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga binoan imperator oilasi a’zolari o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan arenalariga tashrif buyurishni va musobaqalarni jonli ravishda tomosha qilishni rejalashtirmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Imperator Naruxitoning otasi Akixito 1988-yil Naganodagi Qishki Olimpiya o‘yinlarini ochib bergan, uning bobosi Xirohito esa 1964-yilda Tokiodagi yozgi o‘yinlar va 1972-yil Sapporoda bo‘lib o‘tgan qishki musobaqalarning ochilishida ishtirok etgan.