Olimpiada bekor bo‘lishi ham mumkin. Lekin ochilish marosimiga tayyorgarlik avjida

  • 14:23 / 21.07.2021
  • 51

Chililik sportchi ayol Fernanda Agirre Tokio olimpiadasida koronavirus tahlili musbat chiqqan ilk sportchiga aylandi va u uchun Olimpiya o‘yinlari boshlanmasdan turib, nihoyasiga yetdi. Sababi, sportning txekvondu turi bilan shug‘ullanadigan bu ayol endi 10 kun davomida karantinga olinadi.

Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasi Bosh direktori Tosiro Muto agar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashsa, Olimpida o‘yinlari bekor qilinishi mumkinligi haqida bayonot berdi. So‘nggi  kunlarda olimpiada bilan bog‘liq ishlarda faoliyat yuritayotgan 10 nafar xodim koronavirus yuqtirib oldi. Ulardan bir nafari sportchi bo‘lsa, qolgan 9 nafari ishchi-xizmatchilardir.

Shunga qaramay, XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish eng yuqori doiralarda olib borilmoqda.

Yaponiya Vazirlar mahkamasi Bosh kotibi Kasunobu Katoning ma’lum qilishicha, ochilish marosimida 15 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashishi kutilmoqda. Xususan, AQSh delegatsiyasiga mamlakat prezidentining rafiqasi Jill Bayden boshchilik qiladi.