Olimpiya o‘yinlari vatani alanga ichida qolmoqda (foto/video)

  • 11:58 / 07.08.2021
  • 368

Oxirgi 10 kundan buyon Gretsiyada havo harorati +40 darajadan tushmayapti. Buning oqibatida har kuni butun mamlakat bo‘ylab o‘rmon yong‘inlari ro‘y beryapti.


Hozirda eng kuchli yong‘inlar Attika mintaqasida, poytaxt Afinadan 70 km. uzoqlikda joylashgan Evbeya orolida, shuningdek, Qadimgi Olimpiya o‘yinlari vatani – Peloponnes yarimorolidagi Iliya hududida kuzatilmoqda.


Gretsiya hukumati yong‘inlar xavfini o‘ta yuqori baholab, aholiga o‘rmon va qo‘riqxonalarga borishni taqiqlab qo‘ydi.