Oliy ta’lim muassasalari soni 117tani tashkil qilyapti, ammo bu yerda sifat yo‘q – Prezident

  • 16:21 / 16.06.2021
  • 172

Ayni damda Prezident raisligida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlat rahbari oliy ta’lim tizimidagi rahbarlarga barcha kuch va resurslarini quyidagi 4 ustuvor vazifaga qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi:

– Oliygohlar boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.

– Ta’lim berish jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit hamda sharoitni yaratish. Oliygohlar talabani o‘qishga qabul qilishdan avval ularni qayerga ishga yuborishini, buning uchun ish beruvchilar bilan 10 yillik shartnomaga ega bo‘lishlari kerak.

– Oliygohlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.

– Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.

Shuningdek, Prezident mamlakatdagi Oliy ta’lim muassasalari soni 117tani tashkil qilayotgani, qabul o‘rni esa 66 mingdan 181 mingga, ya’ni 3 baravar ortganini ta’kidlab, biroq bu ko‘rsatkichlarda sifat yo‘qligi aytgan.

Bundan tashqari, “Professor-o‘qituvchilarning oyligi 3,5 baravarga oshirildi. O‘qishga hujjat topshirayotganlar ham 2 baravar ko‘p. Bir narsani aniq tushunish kerak. Yaqin-yaqingacha davlat oliygohlari monopoliya bo‘lgan. Va bundan foydalanib kelgan. So‘nggi yillarda sohaga raqobat kirib keldi, xususiy va xorijiy oliygohlar ko‘paymoqda va bu vaziyatni o‘zgartiradi” – deydi davlat rahbari.