Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

  • 11:24 / 02.08.2021
  • 297

Bugun Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga  Umarxonov Azizxon Sharipxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.

Deputatlar reglamentga muvofiq  Olmazor tuman hokimi lavozimiga A.Sh.Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma’qulladilar.

Ma’lumot uchun, A.Umarxonov 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan. U 2020 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Olmazor tumanining sobiq hokimi Abdumajid Mullajonov 51 yoshda vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Teglar