Olti karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan qiz chaqalog‘ini $2,5 mingga sotayotganida ushlandi

  • 13:45 / 03.08.2021
  • 681

Sportchi qiz 4 kunlik bolasini $2,5 mingga sotayotganida ushlangan. Unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida ism-sharifi ochiqlanmagan 6 karra O‘zbekiston chempioni 4 kunlik chaqalog‘ini 2 ming 500 AQSh dollariga sotayotganida qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, 25 yoshli sportchi qiz o‘zi bilan birga sport mashg‘ulotiga qatnaydigan yigitdan homilador bo‘lib qolgan.

Ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 4 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Teglar