“Oltin to‘p”ga da’vogarlarning yangilangan reytingini e’lon qilindi. Kuchli uchlikni kimlar band etgan? 

  • 11:05 / 06.07.2021
  • 712

Goal 2021-yilgi “Oltin to‘p”ga nomzodlarning yangilangan reytingini e’lon qildi

Unga ko‘ra, Argentina terma jamoasi a’zosi hamda “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 5-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarildi. 

Ikkinchi o‘rindan Polsha hamda Myunxenning “Bavariya” jamoasi yetakchisi Robert Levandovski joy oldi. Shu paytgacha ushbu ro‘yhatda peshqadamlik qilib kelgan “Chelsi”ning Fransuz yarim himoyachisi Ngolo Kante esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Yevropa chempionatini chorak finalda tark etgan “Inter”ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku to‘rtinchi, PSJning frnasiyalik iqtidor egasi Killian Mbappe esa beshinchi pog‘onani band etdi.

Shuningdek, ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar joy olgan:

6. Kevin de Bryuyne – “Manchester Siti” (Belgiya);

7. Krishtianu Ronaldu – “Yuventus” (Portugaliya);

8. Rahim Sterling – “Manchester Siti” (Angliya);

9. Erling Holand – “Borussiya Dortmund” (Norvegiya);

10. Neymar – PSJ (Braziliya).