Onlayn qimorda yutqazib qo‘ygan 18 yoshli bola o‘g‘irlikka qo‘l urdi

  • 10:43 / 22.07.2021
  • 164

Internet orqali onlayn qimorda yutqazib qo‘ygan samarqandlik o‘smir o‘g‘irlikka qo‘l urdi.

Aniqlanishicha, Samarqand viloyati Urgut tumani Qoratepa mahallasida yashovchi 18 yoshli fuqaro Samarqand shahriga kelib, tungi vaqtda qarovsiz qoldirilgan avtomobildan 1 700 AQSh dollari va hujjatlarni o‘g‘irlab olgan. So‘ng u hujjatlarni tashlab yuborib, o‘g‘irlangan pullarni onlayn qimorga tikadi va yana yutqazib qo‘yadi.

Joriy yilning 13-iyul kuni mazkur shaxs yana Samarqand shahriga kelib qarovsiz qoldirilgan Spark avtomashinasi salonidan 2,5 mln. so‘m pulni o‘g‘irlab olgan. 
Mazkur shaxs o‘zganing mulkini takroran talotoroj qilganlikda ayblanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.