O‘rtoqlik o‘yinlari. “Real” “Reynjers”ga mag‘lub bo‘ldi, “Roma” esa Vengriya jamoasiga 5 ta gol urdi 

  • 10:05 / 26.07.2021
  • 107

Yevropa klublari ishtirokida navbatdagi nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi.

Ayni kunlarda, Yevropa klublari yangi mavsum starti oldidan sinov o‘yinlarini o‘tkazmoqdalar.

O‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida kecha, Italiyaning “Roma” jamosi Vengriyaning “Debretsen” klubi bilan o‘yin o‘tkazib, yirik 5:2 hisobida zafar quchdi. 

Joze Mourinyo shogirdlaridan gollarga Borxa Mayoral, Lorenso Pellegrini hamda Nikolo Zaniolo mualliflik qildi. Shuninigdek, Edin Jeko dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. “Debretsen” jamasi a’zolari, Baraniy hamda Ugraining gollari hatto, durang uchun ham yetarli bo‘lmadi.

Shuningdek kecha, o‘tgan mavsum Portugaliya chempionatining bronza medallari egasi “Benfika” Frnasiyaning bayroqdor klublaridan biri “Marsel” bilan bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

O‘yinda dastlab, portugaliyaliklardan Pitssi hisobni ochgan bo‘lsa, “Marsel” vakili Payet o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Shu tariqa hisob o‘yin so‘ggiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Kunning biroz kutilmagan voqeligi Shotlandiyada sodir bo‘ldi. Unda Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi Shotlandiyaning “Reynjers” klubiga mag‘lub bo‘ldi. “Ibrox stadium” o‘yingohida kechgan bahsa darvozalarga jami 3 to‘p kiritildi. 

Dastlab, uchrashuv avvalida Rodrigo madridliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, keyinchalik Junior Sakala o‘rtadagi farqni tenglashtirdi. So‘ngra, Sedrik Itten glazgoliklarga g‘alaba taqdim etgan golga mualliflik qildi. Yakunda, hisob 2:1. “Reynjers” “Real Madridni”ni ranjitdi.