Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 6 yo‘nalishda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi

  • 17:48 / 07.06.2021
  • 74

Toshkentda sambo sport turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. 

Musobaqada qit’aning 16 mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. 

Chempionat yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sambochilari 6 yo‘nalish: O‘smirlar(qizlar va o‘g‘il bolalar), yoshlar( qizlar va yigitlar), kattalar(erkaklar) va jangovar samboda birinchlikni qo‘lga kiritishdi. 

Faqatgina ayollar(kattalar) o‘rtasidagi bellashuvlarda birinchilik qozog‘istonlik sambochilarga nasib etgan.

Umumjamoa hisobida medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘rinlar quyidagicha ko‘rinish olgan:

O‘smirlar:
(Qizlar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qozog‘iston
3-o‘rin: Qirg‘iziston

(O‘g‘il bolalar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Tojikiston
3-o‘rin: Qozog‘iston

Yoshlar: (Qizlar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qozog‘iston
3-o‘rin: Qirg‘iziston

(Yigitlar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qozog‘iston
3-o‘rin: Tojikiston

Kattalar: (Ayollar)
1-o‘rin: Qozog‘iston
2-o‘rin: O‘zbekiston
3-o‘rin: Turkmaniston

(Erkaklar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qozog‘iston
3-o‘rin: Tojikiston

Jangovar sambo:
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qirg‘iziston
3-o‘rin: Turkmaniston

Qayd etilishicha, musobaqada  Afg‘oniston, Iordaniya, Eron va Iroq vakillari ham medal qo‘lga kiritishgan.