Otabek Umarov Murod Xonto‘rayev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

  • 08:03 / 20.07.2021
  • 421

Markaziy Osiyo MMA konfederatsiyasi, MMA va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi prezidenti Otabek Umarov sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

“MMA assotsiatsiyasi yetakchilardan birini yo‘qotdi” – deyiladi ta’ziyanomada

“Muqaddas ayyom arafasida o‘zbek sporti og‘ir judolikka duch keldi: do‘stimiz Murod Xonto‘rayev bevaqt vafot etdi. Yaqinlari o‘g‘lidan, turmush o‘rtog‘idan, otasidan ayrilishdi. Jangchilar ustozsiz qolishdi, MMA assotsiatsiyasi yetakchilardan birini yo‘qotdi.

Millionlab odamlarning qalblaridagi kabi mening qalbimda ham sen mardlik va qat’iyatlik namunasi bo‘lib abadiy qolasan. Oz vaqt yashading, lekin ko‘plarni ilhomlantirishga muvaffaq bo‘lding. Qodir Alloh sabring uchun mukofotlasin, birodarim. Joying jannatda bo‘lsin, chempion!”, — deya yozib qoldirdi Otabek Umarov.

Avvalroq, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev 19-iyul, dushanba kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘z boshqaruvidagi BMW X5 avtomashinasida avtohalokatga uchrab vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Teglar