OTB kelgusi yillar uchun O‘zbekiston prognozlarini yaxshiladi

  • 16:32 / 23.09.2021
  • 129

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bu yil 5,0 foiz, kelasi yil 5,5 foiz o‘sishini kutmoqda. Avvalroq, bank mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2021-yilda 4 foiz va 2022-yilda 5 foizgacha o‘sishini qayd etgandi.

OTBning nashri mamlakat iqtisodiyotining 2021-yilning birinchi yarmida 6,2 foizga o‘sishini qayd etdi. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘sish 8 foizgacha tezlashdi.

Inflyasiya 2021-yilning birinchi yarmida sekinlashdi va o‘tgan yilgi 13,9 foizdan 10,9 foizgacha tushdi. OTB 2021 va 2022-yillar uchun inflyasiya prognozlarini mos ravishda 10 foiz va 9 foiz saqlab qoldi.

OTBning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktorining so‘zlariga ko‘ra, emlash dasturining amalga oshirilishi xalqni himoya qilish va mamlakat iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim.