OTB O‘zbekistonda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga $100 mln ajratadi

  • 13:12 / 10.06.2021
  • 60

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida 100 million AQSh dollarlik loyihani amalga oshirish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur loyiha doirasida maktablarda 7–11-sinflarda STEM yo‘nalishida ta’limini rivojlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, STEM fanlari (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarning amaldagi standartlarini saqlab qolish va takomillashtirish, o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish, maktab binolarini ta’mirlash va ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. 

Bundan tashqari, loyihada O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Loyiha 2020–2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi uchun Mamlakat operasiyalarining biznes-rejasi (COBP), hukumatning so‘nggi tashabbuslari va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.