O‘tgan haftada onlayn auksion orqali 2,8 mlrd. so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

  • 14:04 / 04.02.2020
  • 614

2020-yilning 27-yanvar – 2-fevral kunlarida “O‘zRTXB” AJ barcha savdo platformalarida 891,2 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 386,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 13 foizga kamayib, 805,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 492,5 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polimer mahsulotlarining ulushi 73 foiz, paxta yog‘i ulushi 17 foiz va boshqa mahsulotlar ulushi 10 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 36,5 mlrd. so‘mni, kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 15,7 mlrd. so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 43 foizni tashkil etdi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 46,7 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 12,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 688 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 19,2 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,4 foiz ikkinchi va 32,4 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.