O‘tgan yilda 4 ta terrorchilik aktining oldi olingan – DXX

  • 11:25 / 05.04.2021
  • 130

2020-yilda DXX idoralari sa’y-harakati bilan 4 ta terrorchilik aktining oldi olingan. Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan bo‘lgan. 
Shuningdek, ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 ta yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo‘yilgan.

“Ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatimizga olib kelindi hamda javobgarlikka tortildi”, deyiladi DXX matbuot xizmati ma’lumotida. 

Qayd etilishicha, 2020-yilda 747 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, 594 dona qurol, 4 781 dona o‘q-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olingan.

Bundan tashqari, prezidentning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan “Mehr 3” va “Mehr 4” gumanitar operasiyalari doirasida Suriya va Afg‘oniston davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan 122 nafar ayollar va bolalar mamlakatga olib kelindi.