OTMlarda tyutor lavozimi joriy etiladi

  • 21:55 / 11.09.2021
  • 266

Davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim tashkil etiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab talabalar bilan ishlash buyicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilinadi. 1–3-kurs talabalarining muammolarini bartaraf etishda  yaqindan yordam koʻrsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, har 120-150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi hamda uning oylik maoshi “O‘qituvchi-stajor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

Tyutorlar talabalarning maʼnaviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi va ularga mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam beradi.

Bundan tashqari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tuzilmasida Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘limi tashkil etiladi.

Teglar