O‘zbek-tojik davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

  • 15:59 / 22.05.2021
  • 106

17–22-may kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining O‘zbekiston-Tojikiston demarkatsiya qo‘shma komissiyasi doirasidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegaralarida demarkatsiya ishlarini muhokama qildilar, demarkatsiya qilish liniyasi loyihasini hamda o‘zbek-tojik davlat chegarasida chegara belgilarini o‘rnatish bo‘yicha fikr almashdilar.

“Tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasida demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar. Uchrashuv do‘stona va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi. Tadbir yakuni bo‘yicha Protokol imzolandi”, – deyiladi TIV xabarida.