O‘zbekiston 1-yarim yillikda $7,5 millionlik konditsioner eksport qildi – statistika

  • 13:38 / 31.08.2021
  • 259

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 7,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 34,3 mingta konditsioner eksport qilgan.

Konditsioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mln. AQSh dollariga oshgan

O‘zbekiston 2021-yilning 7 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar: 
–  Ozarbayjon – 19,2 mingta
–  Tojikiston – 6,4 mingta
–  Rossiya – 3,4 mingta
–  Turkmaniston – 1,8 mingta
–  Qirg‘iz R. – 1,5 mingta
–  Qozog‘iston – 1,3 mingta
–  Moldova – 487 ta
–  Turkiya – 100 ta
–  Yaman – 99 ta 
–  Afg‘oniston – 65 ta 
–  Armaniston – 6 ta 

2021-yilning dastlabki 7 oyida konditsioner eksport qilgan hududlar:
–  Toshkent shahri – 6,6 mln.
–  Toshkent viloyati – 819,8 ming
–  Andijon viloyati – 1,2 ming AQSh dollari