O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylarida qancha mobil telefon import qilgani aytildi

  • 15:11 / 12.06.2021
  • 250

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston shu yilning yanvar-aprel oylari davomida xorijdan qancha mobil telefon import qilganini ma’lum qildi.  

Unga ko‘ra, O‘zbekiston xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628,9 ming dona mobil telefon import qilgan. 

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p Xitoy (422,1 ming dona), Vetnam (72,9 ming dona), Qozog‘iston (63,5 ming dona), BAA (42,6 ming dona), Hindiston (27,7 ming dona), Rossiya (600 dona) va Yaponiya (16 dona) davlatlaridan import qilgan.
Ma’lum qilinishicha, telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga oshgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil 235 ming dona qiymati 31,7 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.