O‘zbekiston 33 ta davlatdan 9,4 mln. dollarlik bolalar o‘yinchoqlarini import qildi

  • 22:07 / 16.09.2021
  • 154

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 33 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlarini import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bolalar o‘yinchoqlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 mln. AQSH dollariga oshgan.

Quyida 2021-yilning 8 oyida O‘zbekiston bolalar o‘yinchoqlarini eng ko‘p import qilgan davlatlarni ko‘rishingiz mumkin:
Xitoy – 8,3 million;
Tojikiston – 516,9 ming;
Rossiya – 193,3 ming;
Estoniya – 87,0 ming;
Koreya – 72,8 ming;
Fransiya – 31,5 ming;
Turkiya – 29,2 ming;
Buyuk Britaniya – 26,7 ming AQSH dollari.