O‘zbekiston 6 oy davomida 8,3 ming tonna bodring eksport qildi

  • 13:24 / 05.08.2021
  • 314

O‘zbekiston 6 oy davomida 8,3 ming tonna bodring eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston 2021-yilning 6 oyida xorijga qiymati 8 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 8,3 ming tonna bodring eksport qilgan. 
Bodring eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,5 mln. AQSH dollariga oshgan.

Joriy yilning 6 oyi davomida O‘zbekiston bodring eksport qilgan davlatlarni quyida ko‘rishingiz mumkin:
Qirg‘iz R. – 4,3 ming tonna;
Qozog‘iston – 3,0 ming tonna;
Rossiya – 961,3 tonna;
Tojikiston – 24,6 tonna;
BAA – 1,3 tonna;
Germaniya – 0,3 tonna;
Chexiya – 0,2 tonna.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston olti oy davomida qariyb 70 ming tonna pomidor eksport qilgani haqida xabar berilgandi.