O‘zbekiston 6 oy mobaynida 350,1 mln. dollarlik yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qildi

  • 20:05 / 07.09.2021
  • 98

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-iyul oylarida 42 ta xorijiy davlatlardan qiymati 350,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yog‘och va yog‘och mahsulotlarini importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 64,5 mln. AQSH dollariga oshgan. 

Quyida o‘tgan 7 oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlarni ko‘rishingiz mumkin:
- Rossiya – 310,0 mln.
- Xitoy – 11,2 mln.
- Eron – 9,4 mln.
- Belorus – 5,3 mln.
- Qozog‘iston – 4,7 mln.
- Turkiya – 3,3 mln. 
- Qirg‘iz R. – 1,6 mln.
- Ukraina – 1,6 mln.
- Germaniya – 803,2 ming AQSH dollari.

Teglar