O‘zbekiston 7 oy davomida 88,2 ming dollarlik asal import qildi

  • 18:40 / 11.09.2021
  • 112

2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 7 ta xorijiy davlatlardan asal import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, asal importining qiymati 88,2 ming AQSH dollariga teng bo‘lib, 67,5 tonna tashkil etdi. Asal importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 78,2 ming AQSH dollariga oshgan.

Quyida 2021-yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p asal import qilgan davlatlarni ko‘rishingiz mumkin:
- Qozog‘iston – 47,4 tonna;
- Rossiya – 18,6 tonna;
- Qirg‘iz R. – 1 tonna;
- Latviya – 0,3 tonna;
- Fransiya – 0,1 tonna;