O‘zbekiston 7 oy davomida qancha sabzi eksport qilgani ma'lum bo‘ldi

  • 11:50 / 16.09.2021
  • 188

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning dastlabki 7 oyida O‘zbekiston jami 10ta davlatga qiymati 7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 47,4 ming tonna sabzi eskport qilgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda sabzi eksporti 2020-yilning mos davriga solishtirganda 9,2 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston sabzi va sabzi mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 28,2 ming tonna
Qirg‘iziston — 16 ming tonna
Rossiya — 2,9 ming tonna
Tojikiston — 322,5 tonna
Belarus — 10,3 tonna
2021-yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p sabzi eksport qilgan hududlar ketma-ketligi:
Andijon viloyati – 12,5 ming tonna
Toshkent viloyati – 10,7 ming tonna
Qoraqalpog‘iston — 5,9 ming tonna
Farg‘ona viloyati — 4,8 ming tonna.