O‘zbekiston 9 ta davlatga aviaqatnovlarni bekor qiladi

  • 10:36 / 20.04.2021
  • 95

Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalarining transformatsiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotida norentabel yo‘nalishlardagi 9 ta aviaqatnovlar bekor qilinishi ma’lum qilindi. 
Unga ko‘ra, Parij, Rim, Milan, Amritsar, Mumbay, Bangkok, Tokio, Kuala-Lumpur va Jakartaga uchadigan reyslar joriy yil may oyidan bekor qilinadi. Bu bilan 12,3 mln dollar iqtisod qilinadi.

Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Pokiston, Isroil va AQShdagi aviachiptalarni sotish bo‘yicha 6 ta bosh agentlar bilan shartnomalar bekor qilinadi. Bunda 5 mln dollar iqtisod qilinadi.

Aviakompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalarida ish o‘rinlari sonini 20 foizga qisqartirish orqali 3,9 mln dollar tejab qolish hisob-kitob qilingan.

Aviakompaniyaning xorijdagi 20 ta samarasiz vakolatxonalari yopiladi. Rossiyadagi 15 tadan 11 ta hamda Amritsar, Mumbay, Parij, Rim, Milan, Bangkok, Tokio, Kuala-Lumpur va Jakartadagi vakolatxonalar shular jumlasidan.

Bundan tashqari aviayoqilg‘i materiallarini tender savdolari asosida harid qilish orqali 18,1 mln AQSh dollarini tejash mumkin bo‘ladi.