O‘zbekiston Afg‘onistondan evakuatsiyani Buxoro orqali amalga oshirishga ruxsat berdi

  • 17:11 / 23.08.2021
  • 294

Interfax nashri bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Qobuldan evakuatsiya qilingan qochoqlarni Buxoro shahri orqali olib chiqib ketishga ruxsat bergan. 

Qayd etilishicha, 22-avgust sanasida yo‘lovchilari qochoqlardan iborat samolyot Buxorodan Budapeshtga uchib ketgan. Qochoqlarning asosiy qismi Yevropa Ittifoqi va Afg‘oniston fuqarolari hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hozirga qadar Germaniya, Rossiya, Shvetsariya, Avstriya, Daniya, Polsha, Vengriya, Slovakiya va Qozog‘iston kabi davlatlarga o‘z havo hududi va aeroportlaridan foydalanishga ruxsat bergan.