O‘zbekiston aprel oyining o‘zida 65 ta elektromobil import qilgan – statistika

  • 12:36 / 24.05.2021
  • 246

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga ko‘p.

2021-yilning aprel oyida 65 ta elektromobil import qilingan.   

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
– Xitoy – 119 ta
– Turkiya – 24 ta
– Koreya – 4 ta
– AQSh – 4 ta
– Germaniya – 3 ta
– Litva – 1 ta 
– Ispaniya – 1 ta

Elektromobillarga xaridorlar eng ko‘p – Toshkent shahri (150 ta), Samarqand (2 ta), Andijon (2 ta), Toshkent (1 ta) va Sirdaryo (1 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

Shuningdek, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga 2018-yilda 13 dona elektromobil import qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda 10 baravarga o‘sgan (131 ta).
Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSh dollari sarflangan.