O‘zbekiston avgust oyida qariyb 44 ming tonna uzum eksport qildi

  • 22:23 / 23.09.2021
  • 94

2021-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 64,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 78,8 ming tonna uzum eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 5 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston avgust oyida xorijga qiymati 30,8 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 43,9 ming tonna uzum eksport qilgan. 40 ta davlatga qariyb 79 ming tonna uzum eksport qilingan.

Quyida o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin:
Rossiya – 29,3 ming tonna;
Qozog‘iston – 23,3 ming tonna;
Qirg‘iz R. – 8,8 ming tonna;
Xitoy – 5,1 ming tonna;
Turkiya – 2,3 ming tonna;
Saudiya Arabistoni – 1,8 ming tonna;
Ukraina – 1,7 ming tonna;
Belarus – 1,2 ming tonna;
Iroq – 943,3 tonna;
Germaniya – 746,3 tonna;
Ozarbayjon – 683,8 tonna.