O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket ikkinchi oy o‘sish kuzatildi

  • 17:37 / 19.04.2021
  • 128

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobillar savdosi ketma-ket ikkinchi oyda o‘sib bormoqda.

Qayd etilishicha, mart oyida avtomobil bozorida aholi talabi fevral oyiga nisbatan 7,7%ga oshib, qatorasiga ikkinchi oy barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatgan. 2020-yil mart oyi bilan taqqoslaganda esa avtomobillar savdosi o‘sishi 47,4%ni tashkil qilgan. 
2020-yil mart oyida respublika bo‘yicha joriy etilgan lokdaun natijasida savdolar fevral oyiga nisbatan 34,6%ga kamaygan edi.

Hisobot davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (31,5%), Xorazm (30,5%), Jizzax (23,5%) vilotyalarida ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni yuqori sur’atlarda o‘sdi.
Bunda, Buxoro (7,9%), Qashqadaryo (7%) va Andijon (4,3%) viloyatlarida sezilarli darajada kamayish kuzatildi.
“Avtomobil sohasi, shubhasiz, mamlakatda iqtisodiy o‘sishni tezda rag‘batlantirishning samarali vositasi hisoblanadi”, deyiladi Markaz ma’lumotida.