O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Belarusga tashrif buyurdi

  • 17:00 / 28.05.2021
  • 220

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Minsk shahriga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlab delegatsiyalar rahbarlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘ldi.

Uchrashuvda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda mazkur formatdagi muloqot muhim ahamiyatga egaligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng, delegatsiyalar rahbarlari Belarus poytaxtidagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi, deyiladi maʼlumotda.

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiyalar rahbarlari tor doiradagi uchrashuvda hamdo‘stlik doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishi, navbatdagi uchrashuv sanasi va joyini belgilab olishi kutilmoqda.