Oʻzbekiston chavandozlari Yevroosiyo kubogida gʻalaba qozondi!

  • 19:08 / 11.10.2021
  • 114

Nufuzli musobaqada 3 nafar sportchimiz sovrindorga aylanishdi.

7-10-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo kubogi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga koʻra, Bekzod Qurbonov “King Cornet L” laqabli oti bilan turnirning mutlaq chempioniga aylandi, Umid Kamilov esa “Nero Uno Rafael” laqabli otda kumush medalini qoʻlga kiritdi. Yana bir chavandozimiz Aʼzam Tolibboyev oʻzining “Lady” laqabli otida toʻrtinchi oʻrinni band etdi.