O‘zbekiston delegatsiyasi RF Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etadi

  • 15:50 / 17.09.2021
  • 150

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yil 17-19-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdi. 

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi, jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kuzatuv missiyalari tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda, Davlat Dumasiga saylov 3 kun davom etadi. Davlat Dumasiga 450 nafar deputat saylanadi. 
18 yoshga to‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari saylovlarda ovoz berish huquqiga ega.