Oʻzbekiston delegatsiyasi Toshkentga qaytmoqda

  • 09:12 / 09.08.2021
  • 209

Samolyot mahalliy vaqt bilan 20:00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi.

Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkazilgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vatanimizga qaytib kelmoqda. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Ayni paytda delegatsiyamiz “Narita” Xalqaro aeroportida boʻlib turibdi va bir ozdan soʻng davlatimiz tomonidan ajratilgan maxsus charter reysida Toshkent tomon yoʻl oladi.

Samolyot mahalliy vaqt bilan 20:00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi.

Shundan soʻng sportchilarimizni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtadi.