O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020'dagi dastlabki ish kuni – foto

  • 15:30 / 21.07.2021
  • 102

Xabardor.uz Tokioda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasining Yozgi Olimpiadadagi ishtirokiga oid eng tezkor xabarlarni ulashib boradi.

Avval xabar qilinganidek, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi maxsus ajratilgan charter reys bilan “Boeing 787 Dreamliner” samolyotida 20-iyun kuni Tokio vaqti bilan 08:30 da Narita aeroportiga boriib qo‘ndi. 

Qayd etilishicha, charterda tashrif buyurgan 63 nafar delegatsiya a’zolaridan 27 nafari mehmonxonalarga joylashtirilgan bo‘lsa, 7 nafar OAV xodimlari ilan birga, qolgan 33 nafari Olimpiya shaharchasiga joylashtirildi. Shu tariqa, 21-iyul holatiga Olimpiya shaharchasida istiqomat qilayotgan delegatsiya a’zolari soni 57 nafarga yetdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kun holatiga dzyudo, akademik eshkak eshish, qilichbozlik, o‘qotish, suzish, sport gimnastikasi, taekvondo, velosport, tennis bo‘yicha milliy terma jamoalar to‘liq tarkibda Olimpiya shaharchasiga joylashtirildi.

Shuningdek, boks, yengil atletika, erkinkurash, yunon-rum kurashi, badiiy gimnastika, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoalar navbatma-navbat, 2-avgust sanasiga qadar Olimpiya shaharchasiga joylashishi kutilmoqda.

O‘z navbatida, charter reysi orqali terma jamoa uchun barcha zarur sport jihozlari, qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari, quritilgan mevalar, kundalik ehtiyoj uchun gigenik vositalar olib kelindi. Reysda olib kelingan tibbiy jihozlar orqali milliy shtabning tibbiy bloki to‘liq jihozlandi va tayyor holatga keltirilgan.

Eslatib o‘tish joiz, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari tantanali ochilish marosimi 23-iyul o‘tkaziladi va 24-iyuldan boshlab O‘zbekiston vakillari medallar uchun kurashga kirishadilar.