O‘zbekiston diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari olinadigan fanlar ro‘yxati ma’lum qilindi

  • 09:35 / 15.06.2021
  • 328

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari olinadigan fanlar ro‘yxatini ma’lum qildi.

Qayd etiliishcha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga 2021–2022-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

–  Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
–  Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
–  O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Hadis ilmi maktabiga:

–  Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 3,1 – 93 ball;
–  Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
–  O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga:

–  Xorijiy til (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
–  Tarix (test sinovi) 30 X 2,1 – 63 ball;
–  Ma’naviyat va ma’rifat (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2019–2020-o‘quv yilida pandemiya sabab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan 2 taga qisqartirilgan edi.