O‘zbekiston eksport-importida eng yuqori ulush Xitoyga to‘g‘ri keldi

  • 12:54 / 19.08.2021
  • 319

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston eksporti va importida davlatlar kesimida eng yuqori ulush Xitoy Respublikasiga to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning jami eksport hajmi 8,1 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan. Unda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagilar:
- Xitoy – 1,3 mlrd. AQSH dollari;
- Rossiya – 1,0 mlrd. AQSH dollari;
- Turkiya – 988,5 mln. AQSH dollari.

Shuningdek, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning jami import hajmi 13,4 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan. Unda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlarni quyida ko‘rishingiz mumkin:
- Xitoy – 2,7 mlrd. AQSH dollari;
- Rossiya – 2,7 mlrd. AQSH dollari;
- Qozog‘iston – 1,6 mlrd. AQSH dollari.