O‘zbekiston harbiy sudi hamda ayrim viloyat sudlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

  • 16:55 / 12.05.2021
  • 204

2021-yil 11-may kuni O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoyishi bilan harbiy sud hamda qator viloyat sudlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Unga ko‘ra:

Zafar Ziyakulovich Allabayev sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sud raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat ma’muriy sudining raisi vazifasidan ozod etildi;

Boboxon Xodjiakbarovich Vaxobov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha  Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);

 Alisher Abduxamidovich Madaminov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi ( bungacha Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);

O‘tkir Abdug‘affarovich Mamadaliyev sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Gavhar Dusbekovna Olimova sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);

Raxmatilla Salaydinovich Orziqulov sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan);

 Akmal Xashimovich Raximov sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimida ishlagan);

Umidjon Sharibjonovich Shokirov sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi (bungacha Harbiy sudining sudyasi lavozimida ishlagan);

Farxodjon Boqijonovich Gʻaniyev sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.