O‘zbekiston havo yo‘llariga oltinchi Boeing 787 avialayneri olib kelindi

  • 12:00 / 05.05.2021
  • 108

Bugun, 5-may kuni Toshkent xalqaro aeroportiga gumanitar yuk bilan Boeing 787 kelib qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lum qildi. 

Qayd qilinishicha, Boeing 787'dagi biznes-toifa qismi to‘liq yotish o‘rindig‘i bilan ta’minlangan, ekonom toifada esa o‘rindiqlar orasidagi masofa kengaytirilgan.

“Oltinchi Boeing 787 O‘zbekistonga SARS COVID-2 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida uchinchi partiya gumanitar yordami bilan keldi, keyinchalik gumanitar yuk Orol dengizi hududiga jo‘natiladi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil 30-aprel kuni AQShning Siyetl shahridan Qoraqalpog‘iston aholisi uchun mo‘ljallangan 4 ta konteynerdan iborat insonparvarlik yuklari havo yo‘llari orqali yo‘lga chiqqani ma’lum qilingan edi.