O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelmoqda

  • 10:25 / 05.05.2021
  • 187

“O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, 5–7-mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi.

5–7-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5–6-mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin.

5–6-mayda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 5 mayda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, “O‘zgidromet” aholini 5–7-may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfidan ham ogohlantirdi.