Oʻzbekiston Iordaniyaga yirik hisobda yutqazdi

  • 21:16 / 12.10.2021
  • 149

Iordaniyaning Amman shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun, mezbonlarga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga chiqib, 0:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Dastlab, oʻyinning 30-daqiqasida Iordaniya vakili Seif Baha himoyachi xatosidan unumli foydalanib hisobni ochgan boʻlsa, 57-daqiqada standart vaziyatdan keyin Nasib Abdulloh Suyunov darvozasiga ikkinchi toʻpni yoʻlladi. Bellashuv oxirlari, 83-daqiqada Hamza Aldaradreh uchrashuvga soʻnggi nuqtani qoʻydi.

Shu tariqa, Srechko Katanes terma jamoa boshqaruvidagi ilk magʻlubiyatini Iordaniyadan qabul qilib oldi.

Maʼlumot uchun, terma jamoamiz yigʻin doirasidagi dastlabki oʻyinda Malayziya ustidan yirik, 5:1 hisobidagi gʻalabagani qoʻlga kiritgan edi.