O‘zbekiston Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish Jamg‘armasi ishga tushdi

  • 11:09 / 03.09.2021
  • 198

 
Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining 2021-yildagi yillik yig‘ilishi doirasida, O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi (O‘IIKJ), mamlakatning birinchi ijtimoiy transformatsion investitsiyalar rasman ochildi.

O‘IIKJ - Islom taraqqiyot banki (ITB), O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya Arabistonining xususiy sektori ishtirokchilari o‘rtasidagi 100 million AQSh dollari miqdoridagi strategik hamkorlik natijasi bo‘lib, Jamg‘armaning maqsadi O‘zbekistonning mikro, kichik va o‘rta korxonalari, ijtimoiy tadbirkorlari va kooperativlari o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan yordam olishlari mumkin bo‘lgan qulay investitsiya platformasini ta’minlashdan iborat.

O‘zbekiston hukumati 100 million AQSh dollari miqdoridagi jami mablag‘ning 35 foizini (ya’ni 35 million AQSh dollari), ITB 20 foizini (ya’ni 20 million AQSh dollari), qolgan 45 foizini (45 million AQSh dollari) asosan turli saudiyalik investorlar jalb qiladi. Sinov bosqichi muvaffaqiyatli boshlanganidan so‘ng, boshlang‘ich jamg‘armasi 100 million AQSh dollarini bosqichma-bosqich 500 million AQSh dollarigacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Jamg‘arma 102 mingdan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish o‘rinlarini yaratishi va 34 mingdan ziyod kichik va o‘rta korxonalar, ijtimoiy tadbirkorlar va kooperativlarni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Mablag‘larni maqsadli oxirgi foydalanuvchilarga (ya’ni, kam daromadli kichik va o‘rta korxonalar, ijtimoiy tadbirkorlar va kooperativlar) maqsadli yo‘naltirish uchun, O‘IIKJ aralash aktivlar sinflari orqali aralashadi, shu jumladan liniyali moliyalashtirish, ”Murabaxa”ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish va o‘z ulushida ishtirok etishdan iborat.