O‘zbekiston joriy yilda jami 186,7 mln. dollarlik avtomobillar import qildi

  • 17:46 / 21.07.2021
  • 68

2021-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda avtomobillar importi hajmi 186,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd qilinishicha, 2021-yil yanvar-iyun oylarida import tarkibida mashinalar va transportasbob uskunalari hajmi 3 mlrd. 596,4 million AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 foizga koʻpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 32,8 foizga yetdi.

Shuningdek, yanvar-iyun oylarida mashina va transport asbob-uskunalari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 50,0 mln. AQSh dollariga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021-yilning yanvar-iyun oylarida import hajmi 10 mlrd. 957,4 mln. AQSh dollarini tashkil etganligi haqida xabar qilingandi.