O‘zbekiston joriy yilning dastlabki to‘rt oyida 1 mln. tonna sement xarid qilgan

  • 18:31 / 04.06.2021
  • 200

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar–aprel oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 50,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 mln. tonna sement import qilingan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga ko‘p. 

O‘zbekiston 2021-yilning to‘rt oyida asosiy sement xomashyosini Qozog‘iston (498,3 ming tonna), Qirg‘iziston (278,5 ming tonna), Tojikiston (234,7 ming tonna), Eron (10,8 ming tonna) va Turkmaniston (8,6 ming tonna) davlatlaridan import qilgan.  

Bu miqdor Toshkent shahri (496,6 ming tonna), Farg‘ona (194,9 ming tonna), Andijon (183,7 ming tonna), Namangan (54,4 ming tonna), 
Surxondaryo (43,8 ming tonna) hamda Toshkent (30 ming tonna) viloyatlari ulushiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tish joiz, O‘zbekistonda o‘tgan yilning 9 oyida 7,8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga, qiymati 24,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdorda eksport qilingan.