Oʻzbekiston mezbonlik qilayotgan triatlon boʻyicha Osiyo kubogining dastlabki kungi gʻoliblari aniqlandi

  • 20:47 / 09.10.2021
  • 86

Bugun, 9-oktyabr kuni Toshkent shahrida start olgan triatlon boʻyicha Osiyo kubogining asosiy yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi

Sprint yoʻnalishida kechgan musobaqada Marokash va Polsha vakillari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Musobaqa reglamentga koʻra, 750 metrga suzish, 20 km velopoyga va 5 km yugurish dasturida oʻtkazildi.

Qizgʻin va murosasiz oʻtgan musobaqa yakunida ayollar oʻrtasida polshalik Paulina Klimas, erkaklar oʻrtasida esa marokashlik Badr Sivane gʻalaba qozondi.

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Erkaklar:

1. Badr Sivane (Marokash) – 55:32

2. Matsey Bruzdyak (Polsha) – 55:36

3. Vitali Voronsov (Ukraina) – 55:41

Ayollar:

1. Paulina Klimas (Polsha) – 1:01.16

2. Yeva Daniyels (Lyuksemburg) – 1:01.44

3. Liza Berger (Shveysariya) – 1:01.42