O‘zbekiston mudofaa vaziri tojikistonlik hamkasbi bilan uchrashadi

  • 10:34 / 14.03.2020
  • 405

Bugun, 14-mart kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bir kunlik tashrif bilan Tojikistonga boradi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa idorasidagi manbasiga asoslanib, Asia-Plus xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bahodir Qurbonov tashrif davomida “Faxrobod” harbiy poligonida O‘zbekiston va Tojikiston maxsus bo‘linmalari ishtirokida o‘tkazilayotgan antiterroristik o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatadi.

Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo va O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov mashg‘ulotda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilarga esdalik sovg‘alarni topshirlishi ham kutilmoqda.

Ushbu uchrashuvda Mirzo va Qurbonovning uchrashuvi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarini kesib o‘tishda vaziyatni beqarorlashtirish uchun chiqqan shartli terrorchilarni qurshovga olish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni ishlab chiqadi.

 Eslatib o‘tamiz, ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi o‘quv mashg‘uloti 11-mart kuni boshlangan edi.