Oʻzbekiston ogʻir atletika boʻyicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

  • 17:56 / 11.09.2021
  • 143

IWF (Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi) 2021-yilgi Jahon chempionati mezboni nomini eʼlon qildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijroqoʻm qaroriga koʻra, bu yilgi jahon birinchiligi hamda IWF saylov kongressi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi. Bu esa tabiiyki hamyurtlarimiz Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasidagi oʻrnini mustahkamlashiga zamin yaratadi. Ushbu saylov jarayonlari 20-21-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Jahon birinchiligi medallari uchun kurash Toshkentda 7-17-dekabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtish mumkin, shu yilning may oyida Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon chempionati hamda Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi Kongressi-2021, qolaversa ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati yuqori darajada tashkillashtirilgan edi.