O‘zbekiston olti oy davomida qariyb 70 ming tonna pomidor eksport qildi

  • 09:11 / 03.08.2021
  • 381

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-iyun oylari davomida qiymati 50,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 69,0 ming tonna pomidor eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7 ming tonnaga kam. 

2021-yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlarni quyida ko‘rishingiz mumkin:
Rossiya – 36,2 ming tonna;
Qozog‘iston – 19,7 ming tonna;
Qirg‘iz R. – 11,0 ming tonna;
Tojikiston – 1,9 ming tonna;
Belarus – 53,6 tonna;
AQSH – 20,9 tonna;
Afg‘oniston – 12,0 tonna;
Ukraina – 9,1 tonna;
BAA – 7,7 tonna;
Germaniya – 0,5 tonna.