O‘zbekiston qo‘l jangi bo‘yicha VI Jahon chempionatida 30 ta medal bilan birinchi o‘rinni egalladi (video)

  • 14:46 / 08.06.2021
  • 55

Toshkent shahrining Yunusobod sport saroyida 5–7-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik 8 nafar sportchilarning ismlari jahon chempioni deya qayd etildi. 

Mazkur musobaqada 30 dan ortiq davlat jamoalari o‘rtasida ilk marotaba O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan va oltin medal sohibiga aylangan sport ustalari quyidagilar:

50 kg – Normatova Guljakhon 
55 kg – Quvondikova Maftuna 
60 kg – Jaloliddinova Sug‘diyona 
60 kg – Jamollidinov Gʻiyosiddin 
70 kg – Kim Sabina 
70 kg – Normurodov Olim 
85 kg – Nizomiddinov Ulug‘bek 
90 kg – Rakhmonaliyev Jamshid

Shu tariqa mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza –  jami 30 ta chempionat medalini qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-o‘ringa Rossiya Federatsiyasi terma jamoasi a’zolari egalik qilishdi. Qozog‘iston Respublikasi jamoasi bo‘lsa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.